Narx tahlili
Sahifalar
Narx tahlili Tuman/Şahar Prognoz Kutilmalar Jahon narxlari Supermarketlar
Inflyatsiya INI tahlili Inflyatsiya körsatkiçlari
Dayjestlar Asosiy ijtimoiy tovarlar Göşt narxlari şakllanişi Kartoşka narxlari şakllanişi
Foodmonitoring
Harakatlar
Taklif va murojaatlar

Iste'mol tovarlari narxlarining prognozi böyiça izoh

Mazkur prognoz iste'mol tovarlarining örtaça oylik narxlari dinamikasiga asoslangan holda işlab çiqildi. Ma'lumotlar asosida joriy oydan boşlab keyingi oylar uçun prognoz qiymatlari şakllantirildi (aniq prognoz davri quyida keltirilgan).

Ma'lumotlar tavsifi

Prognoz uçun foydalanilgan ma'lumotlar:

  • Davriyligi: oylik
  • Körsatkiç: iste'mol tovarlari böyiça örtaça oylik narxlar
  • Qamrov davri: 2023-yil yanvar – 2026-yil sentabr
  • Prognoz davri: 2026-yil oktabr – 2027-yil sentabr

Qöllanilgan model

Prognozlaş jarayonida SARIMA (Seasonal Autoregressive Integrated Moving Average) modeli qöllanildi. Mazkur model vaqt qatorlari tahlilida keng qöllaniladigan statistik usul bölib, ayniqsa mavsumiy tebranişlar mavjud bölgan körsatkiçlar uçun samarali hisoblanadi.

Modelning asosiy xususiyatlari

SARIMA modelining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • Trendni hisobga oliş – vaqt ötişi bilan narxlarning umumiy yönalişini (ösiş yoki pasayiş) inobatga oladi.
  • Mavsumiylikni aks ettiriş – yil davomida takrorlanadigan davriy özgarişlarni (masalan, ayrim oylar kesimidagi narx tebranişlari) modelga kiritadi.
  • Ötgan davr ta'sirini hisobga oliş – joriy narx darajasi oldingi oylardagi narxlar bilan boğliqligini inobatga oladi.
  • Statistik asoslangan prognoz – hisob-kitoblar matematik-statistik usullar asosida amalga oşiriladi va subyektiv baholaşlarga tayanmaydi.
  • Qisqa muddatli prognoz uçun moslik – model ayniqsa keyingi uç oy uçun prognozlarda nisbatan yuqori aniqlik beradi.

Prognoz natijalarining talqini

Şakllantirilgan prognoz qiymatlari statistik model asosida hisoblangan bölib, ular mavjud trend va mavsumiylik xususiyatlari saqlanib qolişi şarti bilan kelajakdagi ehtimoliy narx dinamikasini aks ettiradi va taşqi omillarni hisobga olmaydi. Şu sababli taklif zanjiridagi uzilişlar, valyuta kursi va import narxlarining özgarişi yoki boşqa kutilmagan iqtisodiy şoklar yuzaga kelgan taqdirda prognoz aniqligi pasayişi mumkin.