Narx tahlili
Sahifalar
Narx tahlili Tuman/Şahar Prognoz Kutilmalar Jahon narxlari Supermarketlar
Inflyatsiya INI tahlili Inflyatsiya körsatkiçlari
Dayjestlar Asosiy ijtimoiy tovarlar Göşt narxlari şakllanişi Kartoşka narxlari şakllanişi
Foodmonitoring
Harakatlar
Taklif va murojaatlar

Haftalik narx kuzatuvlari böyiça izoh

Özbekiston Respublikasi dehqon bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining (tasdiqlangan röyxat asosida) aniq sanadagi örtaça narxlari statistika organlari tomonidan ötkaziladigan kuzatuvlar asosida şakllantiriladi.

Narxlarni kuzatiş har hafta CAPI texnologiyasiga asoslangan planşet qurilmalari yordamida joyiga çiqib amalga oşiriladi.

Kuzatiş jarayonida dehqon bozorlarida sotiladigan mahsulotlar narxi eng pastdan eng yuqorigaça bölgan oraliqda qayd etiladi. Natijalar örtaça narxlarni aniqlaş uçun qöllaniladi.

Tovarlarning örtaça narxlari turli xil assortiment özgarişlarini, şuningdek, hududiy, mavsumiy özgarişlar va boşqa omillarni hisobga olgan holda şakllantiriladi. Şunday qilib, tovarlarning örtaça narxlaridagi özgarişlar uning iqtisodiy tarkibida alohida öringa ega tovarlar uçun hisoblangan narx indekslaridan farqi şundaki, avvalo tovarlarning aniq narxlaridagi özgarişlarni hisobga oliş bilan birga, uning tarkibiy hamda assortiment özgarişlari ham inobatga olinadi.

Tarkibiy va assortiment özgarişlariga ta'sir qiluvçi muhim omillar quyidagilardan iborat:

  • yangi turdagi tovarlarning paydo bölişi;
  • eskilarining yöqolişi;
  • turliça bölgan alohida turdagi tovarlarning narx darajalari uluşining özgarişi;
  • mintaqadagi özgarişlar natijasida hududiy narxlar orasidagi farqlanişlar, mavsumiy omillar va hokazo.

Şunga köra, örtaça narxlar töğrisidagi ma'lumotlardan doimiy ravişda narxlar özgarişi dinamikasini tavsiflaşda foydalaniş tavsiya etilmaydi. Balki uşbu körsatkiçlar mahsulotlarning ma'lum bir kritik vaqtdagi narxlarini kuzatib boriş uçun şakllantiriladi.

Uşbu ma'lumotlar inflyatsiya körsatkiçlarini şakllantirişda asos sifatida qöllanilmaydi, çunki inflyatsiya körsatkiçlarini hisoblaşda boşqa metodologik yondaşuv qöllaniladi. Xususan, har bir hisobot davri uçun muayyan nuqtada joylaşgan, tovar navi, xususiyatlari hamda qadoq hajmi aniq belgilangan tovarlar narxlaridagi özgarişlar kuzatiladi.